
|
 | |  |
| Главная » 2012 » Июнь » 4 » DOLLOR QALBAKISINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN
06:10 DOLLOR QALBAKISINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN |
AQSh hukumatining
hisob-kitobiga
qaraganda har yuzta
dollar
banknotasining
bittasi (1/100)
qalbakidir. Nashr
qilish sohasidagi
yaqin o’tmishda yuz
bergan rivojlanish va
juda katta
miqdordagi qalbaki
dollarlarni hisobga
olganda bu juda ham
kichik hajmni tashkil
qiladi.
Shuning uchun ham
AQSh Mahfiy Xizmati
(US Secret Service)
qalbaki dollarlar
haqidagi har qanday
ishni diqqat bilan
tekshiradi va shu
yuzasidan ham
dollarni
qalbakilashtirish yoki
uni savdoga
kiritishga harakat
qilish og’ir jazolar
bilan siylanadi.
Bundan tashqari
dollar
kupyuralarining
yuqori darajadagi
xavfsizlik
hususiyatlari tufayli
uning qalbakisini
yasash juda ham
mushkul ish
hisoblanadi.
Shuningdek, dollarni
qalbakilashtirish
qanchalik qiyin
bo’lsa, uni qalbaki
yoki haqiqiyligini
aniqlash shunchalik
osondir. Qo’lingizdagi
dollarni quyidagi
usullar orqali haqiqiy
yoki qalbaki
ekanligini aniqlaysiz:
1) Dollar
kupyurasining
matnini qo’lingiz
bilan his qiling. Pul
bilan ko’p
muomalada
bo’ladigan kassir
yoki boshqa shaxslar
past sifatli yoki
qalbaki dollarni
shunday qo’lida
ushlash orqali bilib
oladi. Sizda bunday
qobiliyat yoki tajriba
bo’lmasligi mumkin.
Lekin aksariyat
shaxslar dollar
ustida yozilgan
matnlarga qo’llarini
tekizish orqali uni
haqiqiyligini tekshirib
oladilar. Birinchidan
dollar qog’ozlari
ochiq savdoda
sotilmaydi.
Ikkinchidan qog’oz
va siyohning tarkibi
mahfiy saqlanadi.
Haqiqiy dollardagi
siyoh tepaga qarab
bir tekisda surilgan
bo’ladi va matni o’yib
qog’ozga tushirilgan
bo’ladi. Ayniqsa
qo’lingizda dollar
kupyurasi yangi
bo’lsa, siz uning
matnini qo’llaringiz
bilan aniq sezasiz.
2) Dollarni boshqa
dollar bilan
solishtirish.
Qo’lingizdagi dollar
sizga haqiqiy tuyulsa
va siz ozroq ham
shubxaga
borayotgan
bo’lsangiz, uni
boshqa dollar bilan
solishtirib ko’ring.
Haqiqiy dollar va
undagi tartib
raqamlari boshqacha
yozilgan bo’ladi.
Shuning uchun u ham
100 dollarlikni
boshqa 100 dollarlik
bilan solishtirish
kerak
3) Dollar ustidagi
nisbiy tekislik va
qalbaki dollar
ustidagi ma’lumotlar
yetishmasligiga
e’tibor bering.Nashr
sifatiga e’tibor
bering
Haqiqiy dollar
shunday texnologiya
yordamida nashr
qilinadiki, uni oddiy
nashriyot uskunalari
qila olmaydi. Dollar
chekalaridagi noaniq
yozuvlarga e’tibor
bering. Shuningdek
Federal Zahira
bankining
muhrlarining
buzilmaganligiga
e’tibor bering. Muhr
juda ham aniq va
bo’rtib turishi kerak.
Qalbaki dollardagi
rasmlar tekis, hira
bo’ladi.
4) Qog’ozdagi rangli
tolalarga qarash
kerak. Barcha
banknotalarda mitti
qizil va moviy tolalar
biriktirilgan.
Qalbakilashtiruvchila
rni bazi hollarda bu
tolalarni nashr qilish
yoki chizish orqali
yasashga urinadilar.
5) Serial raqamlarini
tekshirib ko’ring.
Banknotalardagi
raqamlar o’zaro mos
kelishini tekshirib
ko’ring. Qalbaki
dollarda raqamlar
orasidagi joy har
tartibsiz yoki
raqamlar bir qatorga
terilmagan bo’ladi.
Agar ikkitadan ko’p
shubxali banknotani
ko’rib qolsez, ikkalar
kupyuradagi
raqamlar bir hil
ekanligini tekshirib
ko’ring. Agar ular bir
hil bo’lsa, ular
qalbaki hisoblanadi.
6) $1 va $2
dollarlikdan tashqari
kupyuralarning
xavfsizlik
hususiyatlariga
e’tibor bering.$5, $
10, $20, $50 va $100
lik kupyuralardagi
mavjud xavfsizlik
hususiyatlarini
tekshirib ko’rish
kerak.
|
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR |
Просмотров: 1855 |
Добавил: ADMIN
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|