
|
 | |  |
| Главная » 2013 » Апрель » 19 » Smartfonni himoyalash
16:02 Smartfonni himoyalash |
Kompyuter foydalanuvchisiga xavfsizlik bilan muammolar juda yaxshi
ma'lum. Hammamizda antivirus dasturlari o'rnatilgan. "Begona"
fleshkalarning zararsiz ekanligiga ishonch hosil qilish uchun egasidan
qayta-qayta surishtirib, shundan keyingina ochamiz va maxsus asboblar
yordamida qayta tekshirib ko'ramiz. Internetga chiqqanda esa kompyuter
sog'lig'iga raxnasolishi mumkin bo'lgan saytlarni chetlab o'tishga
harakat qilamiz. Son-sanoqsiz, yangidan-yangi virus va troyanlar
Butunjahon To'rida izg'ib yurar ekan, ulardan himoyalanish uchun
antivirus bazalarini yangilab borishishimiz ham juda muhim.
Ammo, har kuni ko'tarib yuradiganimiz mobil qurilmalar-chi? Qo'l
telefonlari, jumladan smartfonlar orqali Internet tarmog'iga chiqib, veb
manbalari va xizmatlaridan foydalanish tobora ommalashibborar ekan,
ularni xatarli unsurlardan himoya qilish zarurati ham oshib boraveradi.
Ana shunday sharoitda McAfee kompaniyasining tavsiyalari bizga asqotadi.
Bugun blogida chop etilgan ushbu tavsiyalar bilan sizni tanishtirib
o'tmoqchimiz.
Ilova va uning noshiri haqida bilib oling.
Biron dasturiy ilovani smartoningizga uklab olishdan oldin u haqda
bildirilgan fikrlar (yoki taqrizlar)ni hamda berilgan baholarni o'rganib
chiqing. Odatda yaxshi ilovalarning reytingi yuqori hamda
foydalanuvchilari bildirilgan fikrlar ijobiy bo'ladi. Ilovani ishlab
chiqqan dasturchi yoki kompaniyaning obro'siga ham e'tibor qarating.
Ta'bir joiz bo'lsa, buni tunda o'zingizni xavf ostiga qo'yib
tim-qorong'ujoylardan emas, balki yaxshi yoritilgan ko'chalarda yurishga
qiyoslasangiz bo'ladi.
Nufuzli ilova do'konlaridan foydalaning.Operatsion
tizimni ishlab chiqqan kompaniyaning emas, balki uchinchi tomonga
tegishli ilova do'konlaridan foydalanganingizda smartfoning dasturiy
muhitiga jiddiy zarar yetkazuvchi ilovaga duch kelishingiz ehtimoli
ortadi.Apple App Store va Android Market esa o'z rastalarida
qo'yiladigan dasturlarning saviyasi va sifatiga jiddiy ahamiyat
berishadi. Apple App Store'dagi dasturlarning deyarli 100% zararli
unsurlardan xoli bo'lsa, Android Market'da ham keyingi vaqtda bu
yo'nalishda ancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ruxsat ma'lumorlariga qarang.
Ilovani yuklab olganingizdan so'ng, u Sizga telefon dasturiy muhitida
nimalar qila olishi haqida izga ma'lumot beradi. Agar ilova kalendar,
SMS va kontaktlaringizro'yxatini o'qiy olsa, demak xavotir olishingizga
o'rin bor. Agar app'ning ruxsat ma'lumotlari Sizga shubhali ko'rinsa,
ilovani o'rnatishdan oldin u haqda ko'proq bilib oling va bir qarorga
keling.
Antivirus o'rnating. Mobil xavfsizlik dasturlari
ilovalarning ruxsat ma'lumotlarini tekshirib chiqib, ularning nima
qilayotganini aniqlaydi. Ilovaning qilayotgan ishlari foydalanuvchilarga
ma'lum qilingan muddaolari bilan to'gri kelayaptimi? Agar to'g'ri
kelmayotgan bo'lsa, maxsus oynacha chiqadi va ilovaning shubhali
ekanligi aytiladi. Symantec kompaniyasining Norton antivirusi va Lookout
kabi xavfsizlik dasturlari Android telefonlari uchun yaxshi variant.
|
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR |
Просмотров: 1426 |
Добавил: _sHoXa_
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|